Sud «Hududgaz Toshkent» korxonasining sobiq direktori Muzaffar Aliyevni garov evaziga ozod qildi. U dekabr oyida O‘zbekistondagi energetika inqirozi vaqtida hibsga olingan edi.
Toshkent davlat agrar universiteti sobiq rektori Botirjon Sulaymonov moliyaviy va qabul bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov u hibsga olinganini ma’lum qildi. «Xatoliklar bo‘lmaganda rektorga nisbatan bunaqa katta ish bo‘lmas edi», — dedi vazir.
Buxoro viloyatida OITSga chalinganini bila turib 4 yil davomida qariyb 40 kishiga kasallikni yuqtirib kelgan ayol aniqlandi. Sud hukmiga ko‘ra, unga 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi binosiga qo‘ylarni haydab borgan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga nisbatan jarima hamda 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting